Kompaniyalar guruhi haqida ko'proq bilib oling:

Berlin-Xemi 130 yildan ortiq vaqtdan beri farmatsevtika mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug’ullanadi, hamda 1992 yildan beri Italiyaning yetakchi farmatsevtik kompaniyasi bo‘lgan Menarini Gruppga tegishli sho‘ba korxonasi hisoblanadi.

Mutaxassislarga

Berlin-Chemie Online Academy bilan tanishing — bu tibbiyot mutaxassislari uchun innovatsion ta’lim maydoni. Dunyoning yetakchi ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan noyob fanlararo dasturlar sizga bemorlarda eng yaxshi klinik natijalarga erishishda yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun maxfiylik haqida xabarnoma

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun maxfiylik haqida xabarnoma

  • 2016/679 raqamli reglamentning (EI) 14-moddasi (Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish boʻyicha EI umumiy reglamenti, «GDPR»)

Ushbu Maxfiylik toʻgʻrisidagi xabarnomada Toshkent shahri, Afrrosiyob koʻchasi, 12a manzilda joylashgan “Berlin-Xemi AG” Kompaniyasining Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda — «Menarini») tomonidan Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash siyosati keltiriladi. Ushbu qayta ishlash Sizning ijtimoiy tarmoqlardagi profilingizdan (masalan, Facebook, YouTube, Twitter, Instagram yoki LinkedIn), shuningdek shunga oʻxshash ijtimoiy tarmoqlar yoki portallardan (keyingi oʻrinlarda — «Ijtimoiy tarmoqlar») foydalanib, «Menarini»ning ushbu Ijtimoiy tarmoqlardagi profil/sahifalariga tashrif buyurishingiz yoki Sizning ushbu ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtgan akkauntlaringiz orqali «Menarini» veb-saytlarini koʻrishingiz jarayonida amalga oshiriladi.

Ushbu hujjat faqatgina «Menarini» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash harakatlarini tartibga soladi: aslida, birinchi navbatda Sizning ma’lumotlaringiz Siz roʻyxatdan oʻtgan Ijtimoiy tarmoq tomonidan yigʻiladi va qayta ishlanadi (u «Shaxsiy ma’lumotlar nazoratchisi» sifatida harakat qiladi). Kompaniya Sizning Ijtimoiy tarmoqda saqlanayotgan ma’lumotlaringizning kichik qismiga kirish huquqiga ega boʻlishi va ularni faqat Siz «Menarini» kompaniyasining akkauntlari, sahifalari va (yoki) veb-saytlarini tashrif buyurganingizda qayta ishlashi mumkin. «Menarini» kompaniyasi tegishli Ijtimoiy tarmoqdan olingan Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz boʻyicha «mustaqil Shaxsiy ma’lumotlar nazoratchisi» hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, Ijtimoiy tarmoqlar va «Menarini» kompaniyasi oʻzlariga tegishli ravishda kirish imkoniga ega boʻlgan Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash maqsadlari va usullarini mustaqil ravishda belgilaydilar.

Quyida «Menarini» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash amaliyotlari keltiriladi. Agar Siz Ijtimoiy tarmoqlar Sizning ma’lumotlaringizni qanday qayta ishlashini bilmoqchi boʻlsangiz, tegishli Ijtimoiy tarmoqdagi profilingizda (profillarnigizda) keltirilgan Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqishingiz lozim.

Agar Siz ijtimoiy tarmoqda «Menarini» kompaniyasining akkaunti/sahifasi/profiliga (keyingi oʻrinlarda — «Sahifa») tashrif buyursangiz, kompaniya profilingizdan olingan quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin:

F.I.Sh., foydalanuvchi nomi va boshqa shaxsiy hamda professional ma’lumotlar, yosh, jins, Siz tomondan ixtiyoriy ravishda e’lon qilingan yoki Ijtimoiy tarmoq orqali taqdim etilgan ma’lumotlar;

«Menarini» kompaniyasining Sahifasida va Ijtimoiy tarmoqlarda Sizning harakatlaringiz: «layklar», izohlar, ommaviy yozuvlar, teglar va xeshteglar;

«Menarini» kompaniyasiga yuborilgan shaxsiy xabarlarning mazmuni.

Bundan tashqari, agar Siz Ijtimoiy tarmoqdagi profilingiz va brauzer sozlamalari orqali oʻz roziligingizni bergan boʻlsangiz, Ijtimoiy tarmoq «Menarini» kompaniyasiga veb-sahifalarni koʻrish jarayonida Sizning harakatlaringiz va afzalliklaringiz haqida qoʻshimcha ma’lumot yuborishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar cookie-fayllar, veb-mayoqlar va treking piksel kabi vositalar yordamida ham yigʻilishi mumkin. Qoʻshimcha ma’lumot olish uchun brauzer sozlamalarini, Ijtimoiy tarmoqdagi profil sozlamalarini yoki tashrif buyurilayotgan veb-saytlarning siyosatini tekshirishingizni tavsiya etamiz. Iltimos, shuni inobatga olingki, «Menarini» kompaniyasining veb-saytlarida ushbu vositalardan foydalanilganda ular boʻyicha ma’lumot alohida cookie-fayllardan foydalanish va maxfiylik siyosatlarida  beriladi. Shuni ham tushuntirib  oʻtmoqchimizki, agar Siz Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingizga kirgan boʻlsangiz va oʻsha qurilmadan veb-sahifalarni koʻrsangiz, «Menarini» kompaniyasi Sizning ijtimoiy tarmoq profilingizga oid ayrim ma’lumotlarni, masalan, yosh toifasi, «layklar» va hokazolarni aniqlashi, ayrim hollarda esa shaxsingizni ham belgilashi mumkin.

Biz Sizning ma’lumotlaringizni quyidagi maqsadlarda qayta ishlaymiz:

Siz tomondan xabarlarga, soʻrovlarga va savollarga javob berish, Sahifa orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarda ishtirok etishga taklif qilish; Sahifa mazmunini boshqarish va optimallashtirish, shuningdek, Sahifani yoki veb-saytlarimizni tashrif buyuradigan foydalanuvchilar orasida statistik tahlil va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.

oʻzining huquqiy majburiyatlarini bajarish, shuningdek, «Menarini» kompaniyasi preparatlaridan foydalanish bilan bogʻliq haqiqiy yoki ehtimoliy nojoʻya holatlar haqida ma’lumotlarni monitorlash, kuzatish va vakolatli organlarga/boshqa idoralarga (litsenziya beruvchilar, litsenziya oluvchilar va boshqalar) taqdim etishni talab qiluvchi jamoat salomatligini muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish.

Sizning tarmoq odob-axloqi qoidalariga rioya qilishingizni ta’minlash; «Menarini» kompaniyasining qonuniy huquqlarini himoya qilish; «Menarini» kompaniyasining Etika kodeksi va kompaniyalar guruhi xulq-atvor kodeksiga rioya etilishini ta’minlash.

«Menarini» kompaniyasining faoliyati, dori vositalari yoki xizmatlarini (amaldagi dori vositalari va tibbiy xizmatlar reklamasi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq) Ijtimoiy tarmoqdagi kompaniya akkaunti orqali, jumladan reklama yoki xabarlarni yuborish yoʻli bilan targʻib qilish.

Aniq yoʻnaltirilgan reklamani («profillash») yuborish, ya’ni avvalgi alohida bandda tasvirlangan faoliyat turlari, dori vositalari va xizmatlariga oid reklamalarni tarqatish.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Menarini» kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq holda yig‘ilgan foydalanuvchi ma’lumotlarini baholash va (yoki) ishbilarmonlik munosabatlarini oʻrnatish.

Agar Siz uchinchi shaxslarga oid ma’lumotlarni e’lon qilsangiz, amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ma’lumotlarni yig‘ish va rozilik olish bo‘yicha barcha talablarni bajarishga shaxsan javobgar bo‘lasiz.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashga bergan roziligingizga nisbatan, «Menarini» kompaniyasi Sizning Ijtimoiy tarmoqdagi profilingiz orqali oladigan ma’lumotlarga oid quyidagilarni tushuntiramiz:
(i) mos ravishdagi roziliklar Siz tomoningizdan Ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtishda beriladi va Siz ularni oʻz xohishingizga koʻra istalgan vaqtda sozlashingiz mumkin (biroq «Menarini» kompaniyasi bu jarayonni hech qanday tarzda nazorat qilmaydi, chunki ma’lumotlar toʻliq Ijtimoiy tarmoqlar boshqaruvida boʻladi);
(ii) «Menarini» kompaniyasi tomonidan qayta ishlanadigan ma’lumotlar Ijtimoiy tarmoq tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlardir: bu shuni anglatadiki, «Menarini» kompaniyasi Ijtimoiy tarmoq tomonidan ma’lumotlarning ruxsatsiz oshkor qilinishi yoki Siz tanlagan sozlamalarga zid tarzda noxush reklama/xabarlar olinishi uchun javobgar emas.

Sizning ma’lumotlaringiz asosan elektron tarzda qayta ishlanadi va amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiylik talablarini hisobga olgan holda, kompaniyaning IT-tizimlariga kiritiladi hamda qonuniylik va vijdonlilik tamoyillari asosida yuritiladi. Ma’lumotlar faqat belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida saqlanadi. Har qanday holatda ham, saqlash muddatini belgilash mezoni qonunda belgilangan vaqt chegaralariga, ma’lumotlarni minimallashtirish, saqlashni cheklash yoki bizning arxivlarimizni oqilona boshqarish tamoyillariga asoslanadi.

«Menarini» kompaniyasining quyidagi xodimlari foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlash huquqiga ega: texnik va ma’muriy xodimlar, IT-xodimlar, mahsulot menejerlari, ichki audit va komplayens bo‘limi, shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun ma’lumotlarni qayta ishlashi zarur bo‘lgan boshqa xodimlar.

Ma’lumotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarga va (yoki) Yevropa Ittifoqidan tashqariga («Uchinchi davlatlar») ham «Menarini» kompaniyalari guruhining boshqa kompaniyalariga (xorijda joylashganlariga ham) ma’muriy va buxgalteriya maqsadlarida qonunchilikka muvofiq tarzda uzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, ma’lumotlar, jumladan Uchinchi davlatlarda ham, «Menarini» kompaniyasining nazorat organiga, uchinchi tomon kompaniyalariga – masalan, IT-xizmatlar va Bulutli hisoblash xizmatlari yetkazib beruvchilar va subpudratchilarga, «Menarini» kompaniyasining Sahifalarini boshqaruvchi tarmoq xizmatlari yetkazib beruvchilariga, shuningdek, «Menarini» kompaniyasi nomidan maslahat xizmatlarini (masalan, soliqqa oid, boshqaruv va boshqalar) ko‘rsatuvchi kompaniyalarga, muassasalarga, idoralarga, davlat organlariga ularning qonun asosida belgilangan maqsadlari doirasida, hamda auditlar, qo‘shilish va qo‘shib olish (shu jumladan chet elda) holatlarida uchinchi shaxslarga uzatilishi mumkin. Qabul qiluvchilar yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarda va amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’lumotlarni qayta ishlashga majburdirlar.

Iltimos, quyidagi hollarda yuqorida ko‘rsatilgan manzil orqali biz bilan bog‘laning:

  • agar Sizda bizning siyosatimiz va ma’lumotlarni himoya qilish usullarimiz haqida savollar yoki fikr-mulohazalar bo‘lsa;

  • agar Sizga amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘z ma’lumotlaringizga kirish, ularni o‘zgartirish yoki boshqa qonuniy huquqlaringizni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lsa.