Kompaniyalar guruhi haqida ko'proq bilib oling:

Berlin-Xemi 130 yildan ortiq vaqtdan beri farmatsevtika mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug’ullanadi, hamda 1992 yildan beri Italiyaning yetakchi farmatsevtik kompaniyasi bo‘lgan Menarini Gruppga tegishli sho‘ba korxonasi hisoblanadi.

Mutaxassislarga

Berlin-Chemie Online Academy bilan tanishing — bu tibbiyot mutaxassislari uchun innovatsion ta’lim maydoni. Dunyoning yetakchi ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan noyob fanlararo dasturlar sizga bemorlarda eng yaxshi klinik natijalarga erishishda yordam beradi.

Ijtimoiy media kanallari va internet hamjamiyatlaridan foydalanish shartlari

Ijtimoiy media kanallari va internet hamjamiyatlaridan foydalanish shartlari

(“Berlin-Xemi AG” Kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi)

Hurmatli foydalanuvchi! Ijtimoiy media kanallari va internet hamjamiyatiga boʻlgan qiziqishingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz (“Berlin-Xemi AG” Kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi) (keyingi oʻrinlarda — «Kompaniya»).

Agar Siz ushbu kanallarda izoh qoldirish yoki material joylashtirishni istasangiz, quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni soʻraymiz. Kompaniyaning missiyasi eng yuqori sifatli dori vositalari yordamida bemorlar hayotini yaxshilashdan iborat. Kompaniyaning maqsadi uni asosiy qadriyatlari – halollik, adolat va oshkoralikka muvofiq ravishda axloqiy me’yorlarni qabul qilish, qoʻllab-quvvatlash va targʻib qilish borasida ijtimoiy hamda ma’naviy mas’uliyatni zimmasiga olishga majbur qiladi. Kompaniya ushbu tamoyillarni qabul qilgan hamda belgilangan me’yorlarga zid boʻlgan har qanday xatti-harakat yoki strategiyalarga qarshi chiqadi. Kompaniya oʻz faoliyatini aniq qoidalar bilan tartibga solinadigan sohalarda amalga oshiradi. Shunday ekan, har qanday muhokama quyida keltirilgan Foydalanish shartlariga muvofiq olib borilishi kerak. Sizning ma’lumotlaringiz amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda qayta ishlanadi. Batafsil ma’lumot havola orqali taqdim etiladi.

Kompaniyaning ijtimoiy media kanallari va internet hamjamiyatlaridan biri (keyingi oʻrinlarda — «Kanallar»)da xabar qoldirgan yoki har qanday yozuvga javob bergan har bir foydalanuvchi ushbu Foydalanish shartlariga rioya qilishga rozilik bildiradi. Ushbu shartlar foydalanuvchilarga Kompaniya tomonidan yoki foydalanilayotgan ijtimoiy platformalar va internet hamjamiyatlari egasi boʻlgan kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan qoidalar, shartlar yoki boshqa rasmiy ogohlantirishlarga qoʻshimcha tarzda qoʻllaniladi.

Barcha hollarda taqdim etilayotgan tibbiy va ilmiy mazmundagi ma’lumotlar faqatgina tanishish uchun moʻljallangan boʻlib, mutaxassis maslahatining oʻrnini bosa olmaydi, tibbiy aralashuvni almashtirmaydi hamda aniq klinik tavsiyalarni oʻz ichiga olmaydi.

Foydalanuvchi shuni qabul qiladiki, har qanday ma’lumot, matn, grafik materiallar, tasvirlar, ularning tanlovi va joylashtirilishi, shuningdek foydalanuvchi tanlagan kanalning texnik vositalari yoki instrumentlari orqali e’lon qilishga qaror qilgan boshqa har qanday material (keyingi oʻrinlarda — «Kontent») ushbu materialni yaratgan va maxsus ajratilgan joyda joylashtirgan shaxsning mas’uliyati hisoblanadi.

“Layk” bosish, sitata va izoh qoldirishga ruxsat etiladi, biroq Kompaniya yoki boshqa farmatsevtika kompaniyalarining dori vositalarini yoki davolash usullarini muhokama qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Boshqaruv va moderatsiya uchun mas’ul shaxslar har juma kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha e’lon qilingan xabarlarni davriy ravishda tekshiradilar. Har qanday holatda ham foydalanuvchi shuni qabul qiladiki, tegishli Kanalni boshqarayotgan Kompaniya Kontentni joylashtirish boʻyicha oldindan ogohlantirish choralarini koʻrmasligi mumkin va foydalanuvchilar tomonidan yuklangan, e’lon qilingan yoki boshqa usulda taqdim etilgan Kontent uchun hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.

Ayrim hollarda foydalanuvchi, shuningdek, Kanal Kontentni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi mumkinligini qabul qiladi. Tegishli Kanalni boshqarayotgan Kompaniya Kontentning keyingi qayta ishlanishida ishtirok etmaydi va uning uchun hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.

Kompaniya foydalanuvchilarning har qanday izoh va savollariga javob berishga barcha imkoniyatlarni safarbar etadi. Shunga qaramay, Kompaniya bevosita huquqiy soha, maxfiy ma’lumot yoki turli kasalliklar boʻyicha ma’lumotlarga oid savollarga javob berishga vakolatli emas. Agar izohga javob berishning imkoni boʻlmasa, tanlangan Kanalning imkoniyatlaridan kelib chiqib, javob berib boʻlmasligining sabablarini tushuntiruvchi shaxsiy xabar yuborilishi mumkin.

Har qanday holatda ham har bir foydalanuvchiga quyidagi mazmundagi xabarlarni yuborish qat’iyan taqiqlanadi:

  • soʻkinish soʻzlari, obroʻsizlantiruvchi ma’lumotlar, tuhmat; haqoratli, kamsituvchi yoki xoʻrlovchi, qoʻpol, dushmanona xarakterdagi kontent yoki boshqa insonlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan, nafrat, zoʻravonlikni qoʻzgʻatuvchi yoki noqonuniy harakatlarga undovchi kontent;

  • uchinchi shaxslarga tegishli intellektual va (yoki) sanoat mulki ob’ektlari (masalan, tovar belgilari yoki logotiplar) huquqlari yoki mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallar (masalan, musiqa, video, matnlar) egalarining aniq roziligisiz;

  • har qanday davolash usullari haqida ma’lumot;

  • siyosiy targʻibot materiallari;

  • mavzuga aloqador boʻlmagan yoki muhokamaga xalaqit berish, shuningdek media kanalni boshqarayotgan va uni moderatsiya qilayotgan shaxslarni haqoratlash maqsadida yozilgan kontent;

  • sogʻliq boʻyicha tibbiy yoki boshqa tavsiyalarni berishga qaratilgan materiallar;

  • tijorat maqsadlarini koʻzlagan kontent: masalan, tovar/xizmatlarni sotish, reklama kampaniyalari yoki yangi ishtirokchilar va obunachilarni jalb qilish;

  • seriyali (takroriy) kontent va (yoki) hamjamiyat ishtirokchilarida salbiy hissiyotlar uygʻotadigan kontent yoki spam tarqatish;

  • bevosita huquqiy soha, maxfiy ma’lumot yoki turli kasalliklarga oid savollar;

  • tanlangan Kanalning xulq-atvor qoidalarini buzuvchi har qanday kontent.

Bundan tashqari, foydalanuvchi quyidagilarni qabul qiladi:

  • joylashtirilgan kontent hech qanday holatda “Menarini” Kompaniyalar guruhi yoki boshqa farmatsevtika kompaniyalarining dori vositalari yoki faol moddalariga oid eslatmalarni oʻz ichiga olmasligi kerak;

  • amaldagi qoidalarga muvofiq hech qanday holatda dori vositalari bilan bogʻliq reklama kontentini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;

  • har qanday sud jarayonlari, da’volar yoki sudda koʻrib chiqilayotgan nizolarni tilga olishdan saqlanish zarur;

  • uchinchi shaxslarni aniqlash imkonini beruvchi har qanday ma’lumotni (masalan, F.I.Sh., telefon raqami, manzil, fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlar, ularda ushbu uchinchi shaxslar tasvirlangan boʻlsa) joylashtirishdan oldin foydalanuvchi ularning e’lon qilish va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga roziligini oldindan olishi shart. Shu bilan birga, veb-saytda mavjud funksional imkoniyatlar va texnik vositalar yordamida foydalanuvchining oʻziga tegishli boʻlgan har qanday tasvirlar yoki Kontentni joylashtirish ushbu foydalanuvchining ularni tarqatish va yoyishga avtomatik ravishda rozilik bildirganini anglatadi;

  • foydalanuvchi Kanalning funksional imkoniyatlari va texnik vositalari yordamida uzatilgan yoki foydalanuvchi tomonidan ushbu imkoniyatlar va vositalar orqali olingan har qanday foydalanuvchi Kontenti yoki materiallaridan foydalanish yoki ularni tilga olish uchun shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.

Kompaniya, ushbu Foydalanish shartlariga mos kelmasligi mumkin boʻlgan har qanday e’lon qilingan yozuvlarni imkon qadar tezroq oʻchirish huquqiga ega.

Foydalanuvchi Kompaniyaning vakolatli organlar soʻrovi asosida bunday material yuborgan shaxsning shaxsini oshkor qilish boʻyicha istalgan choralarni koʻrish huquqi/majburiyatiga rozi boʻladi. Kompaniya Siz yoki boshqa foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan Kontentdan foydalanish, u bilan bogʻliq yoki undan foydalanish natijasida yuzaga kelgan har qanday zarar yoki yoʻqotishlar uchun javobgar emas.

Kelgusidagi aralashuvlarning oldini olish maqsadida Kompaniya (texnik imkoniyatlardan kelib chiqib) ushbu Foydalanish shartlari yoki foydalanilayotgan Kanalning xulq-atvor qoidalarini bir necha marotaba buzgan foydalanuvchilarga kirishni taqiqlash yoki ularni bloklash, shuningdek foydalanuvchi haqida ijtimoiy platforma administratorlariga xabar berish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladigan kontent doirasida giperhavolalar yoki boshqa veb-saytlarga havolalarni taqdim etishi mumkin. Biroq Kompaniya bunday veb-saytlarning aniqligi yoki mazmuni uchun javobgar emas hamda ushbu kontentni joylashtirish natijasida yuzaga kelgan har qanday zarar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.

Kompaniya tomonidan boshqariladigan har qanday Kanallarda yozuvlarni joylashtirish orqali foydalanuvchilar, Kompaniya tomonidan ularning xabarlari va istalgan gʻoyalari, usullari yoki kontentidan ijtimoiy mediada, jumladan forumlarda, boshqa har qanday veb-saytlarda, Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, shuningdek oʻzining tijorat faoliyatida istalgan usulda va istalgan shaklda erkin foydalanish huquqiga ega ekaniga rozilik bildiradilar. Shuning uchun, foydalanuvchilarga oshkor etishni istamaydigan yoki evaziga mukofot olishni kutayotgan gʻoya, material yoki kontentni joylashtirmaslik tavsiya etiladi.

Sizdan ushbu Kanalndan dori vositalarining nojoʻya ta’sirlari yoki noxush reaksiyalari haqida xabar berish uchun foydalanmaslikni soʻraymiz. Agar Kompaniya preparatini qoʻllashdan keyin nojoʻya ta’sirlari yoki noxush reaksiyalar yuzaga kelsa, darhol davolovchi shifokorga, dorixona xodimiga yoki boshqa har qanday tibbiyot xodimiga murojaat qilishingiz lozim. Siz har qanday nojoʻya reaksiyalar haqida bevosita Kompaniyaga va vakolatli organlarga quyidagi havola orqali xabar berishingiz mumkin: uz.pv@berlin-chemie.com