Kompaniyalar guruhi haqida ko'proq bilib oling:

Berlin-Xemi 130 yildan ortiq vaqtdan beri farmatsevtika mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug’ullanadi, hamda 1992 yildan beri Italiyaning yetakchi farmatsevtik kompaniyasi bo‘lgan Menarini Gruppga tegishli sho‘ba korxonasi hisoblanadi.

Mutaxassislarga

Berlin-Chemie Online Academy bilan tanishing — bu tibbiyot mutaxassislari uchun innovatsion ta’lim maydoni. Dunyoning yetakchi ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan noyob fanlararo dasturlar sizga bemorlarda eng yaxshi klinik natijalarga erishishda yordam beradi.

Farmakonazorat

Farmakonazorat: Dori vositalarini nazorati nimani anglatadi?

Bemorlar xavfsizligi Berlin-Xemi Menarini uchun eng ustuvor vazifa hisoblanadi, shu sababli Berlin-Xemi Menarini doimiy ravishda dori vositalarining xavfsizligini kuzatib boradi.

Ushbu nazorat muhim vosita — farmakonazorat yordamida amalga oshiriladi. Farmakonazorat dori vositasi qo‘llanilgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday xavfsizlik muammolarini aniqlash, baholash, tushunish va oldini olish bilan shug‘ullanadi.

Agar siz bemor bo‘lsangiz va nojo‘ya ta’sir yoki nojo‘ya hodisa yuz berganiga shubhalansangiz, shifokoringiz, farmatsevt yoki hamshirangiz bilan maslahatlashing.

Berlin-Xemi Menarini mahsulotlariga oid gumon qilingan noxush hodisalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga xabar berishingiz mumkin:

e-mail: uz.pv@berlin-chemie.com

telefon: +998 71 252 25 57, 252 77 01