BERLIN-XEMI o’zining ijtimoiy va ekologik qadriyatlarini tan oladigan, hamda ularga muvofiq ish yuritadigan biznes hamkorlar bilan hamkorlik qilishga intiladi.
O‘zimiz va mijozlarimizning kutganlariga javob berish maqsadida, biz, BERLIN-XEMIda, xalqaro barqarorlik talablarini hisobga olamiz. Bundan tashqari, biz Germaniya kimyo sanoatining barqarorlik tashabbusini (Chemie³) qo‘llab-quvvatlaymiz va kimyo-farmatsevtika sanoatida barqaror rivojlanishga intilamiz.
Biz ushbu majburiyatlarimizni ta’minotchilarimizga ham qo'yamiz. Shu sababli, biz barcha ta’minotchilar bilan munosabatlarimizda, BERLIN-XEMI kompaniyasining Biznes hamkorlar uchun amaliyot kodeksini ta’minotchi tomonidan qabul qilinishini tadbirkorlik aloqalarining majburiy asosi deb hisoblaymiz.
Ushbu Biznes hamkorlar uchun amaliyot kodeksi orqali, Menarini Grupp Xulq-atvor Kodeksining asosiy tamoyillariga muvofiq ravishda ijtimoiy, ekologik, axloqiy va jamiyat oldidagi mas’uliyat sohalarida minimal standartlarni belgilaymiz.